12:21 / 04.04.2020
22035

Velosiped, skuter va mototransport harakatiga cheklov qo‘yilmagan - IIV

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan joriy yilning 5 aprelidan boshlab, Toshkent shahrida velosipedlarning harakatlari to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar soxta, deya ma'lumot bermoqda IIV axborot xizmati.

30 mart soat 6.00dan boshlab, viloyatlar markazi, Toshkent va Nukus shahrida ahamiyati yuqori bo‘lmagan hamda shaxsiy avtomobillar harakatiga cheklov joriy etildi. Ammo ushbu chora-tadbir mototransport, velosiped va skuterga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovning Kun.uz'ga bildirishicha, avtomobil harakati cheklanishi mototransport, velosiped va skuter egalariga tatbiq etilmaydi hamda ular maxsus ruxsatnomasiz harakatlanadi.

 

Velosiped, skuter va mototransport harakatiga cheklov qo‘yilmagan - IIV 👉 https://kun.uz/23913374

Posted by Kun.uz on Saturday, April 4, 2020

«Ayni paytda ushbu cheklov velosiped, skuter yoki mototransport haydovchilari uchun amal qilmaydi. Ammo ular ham karantin davrida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzmasligi lozim. O‘rnatilgan tartibda, yuz niqobi bilan faqat oziq-ovqat, dorixona va boshqa kechiktirib bo‘lmas ehtiyojlar uchun ko‘chaga chiqish tavsiya etiladi», - dedi u.

Avvalroq, Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov avtomobil harakati cheklanishi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun amal qilishini aytib, tumanlar ichida harakatlanish cheklanmaganini bildirgandi.

Top