Boşqaruv raisiga köra, fondning hisob raqamlariga 4 aprel holatiga köra jami 41 722 285 912,92 söm miqdorida pul mablağlari kelib tuşgan. Şundan, dori vositalariga 2 704 919 351.96 söm, şaxsiy gigiyenik himoya vositalariga 116 450 000 söm, tibbiy asbob-uskunalarga 75 000 000 söm sarflangan. Covid19 buyiça tibbiyot xodimlari uçun qöllanmaga 125 925 000 söm, kanselyariya mollariga 933 500 söm, tibbiy kislorodni jamlaş va tarqatiş stansiyasi quriş uçun 600 000 000 söm pul mablağlari sarflangan.

Ma'lumot örnida, hozirda jismoniy şaxslarga ham fond hisob raqamiga pul ötkazişi uçun töğridan-töğri imkoniyat yaratib berilgan. Undan taşqari «Uzcard», «Humo», «Visa» tölov tizimidagi kartalarga Özbekiston va Rossiya davlatlarining istalgan kartalaridan töğridan-töğri «Payme», «Click» tölov tizimlari orqali pul ötkaziş mumkin.

Şuningdek, yuridik şaxslar uçun: söm, yevro, rubl, AQŞ dollari kabi 4 xildagi valutalarda fond hisobiga pul ötkazişlari mumkin. Ayni vaqtda pul ötkazuvçilarning katta qismini davlat va aksiyadorlik jamiyatlari, işlab çiqaruvçi korxonalarning xodimlari taşkil qilib, oylik iş xaqlarining bir kunlik qismini ötkazib berişmoqda. Hozirga qadar 1000 dan ortiq firmalar fond hisobiga öz mablağlaridan pul ötkazişgan.

«Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondi mablağlari Soğliqni saqlaş vazirligi tavsiyasi va körsatmasi asosida sarf etilmoqda. Har bir qilinadigan xarajat «Covid19» koronavirusning tarqalişiga qarşi kuraşayotgan şifoxonalarning moddiy texnik bazasini kuçaytiriş va bemorlarning soğligini tiklaşi uçun yönaltirilişi töliq nazorat qilinadi.

Şu örinda biz ham barça xayr-saxovatli insolarimizdan uşbu xayriya aksiyasida faol bölişingizni sörab qolamiz.

«Mehr-şafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:

20 212 840 9001 0173 4001 (AQŞ dollaridagi)

20 212 978 0001 0173 4001 (Yevrodagi)

86 00 33 299 742 5800 - Uzcard (söm)

986 00 1010 240 5858 – Humo Card

4084 16000 0316334 – Visa (AQŞ dollari)

“Ipoteka-bank”, Mehnat, MFO: 00 423, INN: 200 897 248.

Tel 71-245-34-05, 71-245-34-47, 71-245-38-59