Turkmenportal naşrining ta'kidlaşiça, sovun tibbiy antiseptik xususiyatga ega böladi, çunki «isiriq uruğida peganidin alkaloidi bor, u esa bakteritsid va stafilokokka qarşi xususiyatga ega».
13 mart kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov öz kitoblariga asoslangan holda, isiriqning bakteritsid xususiyatlari haqida gapirgan edi. Şundan keyin mamlakatda koronavirus profilaktikasi uçun isiriqdan foydalanila boşlandi.
«Isiriq tutuni – har xil, közga körinmas viruslarning inson vujudiga kirişiga qarşilik qiluvçi faol vosita», – dedi davlat rahbari va ommaviy tadbirlarda undan foydalaniş haqida topşiriq berdi.












