Avtomobil ishlab chiqaruvchilar aprel oxirigacha 100 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotishi mumkin
Avvalroq yirik avtoishlab chiqaruvchilar o‘z korxonalari faoliyatini boshlashni ortga surgandi. Bunda Nissan, Ford va General Motors ishlab chiqarish qachondan boshlanishini aniq aytmadi.

Foto: Xinhua/Chen Sihan
Agarda Shimoliy Amerika va Yevropadagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni qayta tiklamasa, ular 100 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘qotishi mumkin. Bu haqda AutoAnalysis tadqiqot kompaniyasi rahbari Yan Genriga tayanib Financial Times yozmoqda.
Bunda Yevropadagi yo‘qotishlar 66, Shimoliy Amerikadagi yo‘qotishlar 52 mlrd dollarga yetishi mumkin.
Genrining so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqarishning to‘xtab turishi oqibatida soha Yevropada haftasiga 8 va Shimoliy Amerikada 7,5 mlrd dollar yo‘qotmoqda.
Avvalroq yirik avtoishlab chiqaruvchilar o‘z korxonalari faoliyatini boshlashni ortga surgandi. Bunda Nissan, Ford va General Motors ishlab chiqarish qachondan boshlanishini aniq aytmadi.
Avtokompaniyalar yuz minglab ishchilariga vaqtincha javob berib yuborgan.
O‘tgan oyda G‘arbiy Yevropada avtomobillar savdosi 60 foizga pasaygan. AQShda esa avtomobil sotish hajmi keyingi 10 yildagi eng past ko‘rsatkichni qayd etgan. Aprelda cheklov choralarining davom etishi va dilerlik markazlarining yopilishi tufayli pasayish yanada yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
-
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
O‘zbekiston | 13:15
-
🔴LIVE: Putinning qasos va’dasi va Tramp–Mask nizosi | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 13:11
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
Mavzuga oid

11:25 / 30.05.2025
SSV: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat barqaror

17:25 / 29.05.2025
Osiyoda COVID yana keng tarqaldi, hukumatlar niqob taqishga chorlamoqda

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025