Davlat ekologiya qömitasi matbuot xizmatidan Kun.uz’ga ma'lum qilişlariça, keça, 5 aprel kuni qömitaning Toşkent viloyatidagi nazorat inspeksiyasi hodimlari iştirokida mahalla hududida örganiş tadbiri ötkazilgan.
Unda 9 tup arça va 1 tup çinor daraxtlari tag qismidan kesilgan hamda 1 tup çinor daraxti ösişdan töxtaş darajasigaça şikastlantirilgani aniqlangan.
«Körsatilgan manzilda daraxtlarni kesiş işlarini olib borayotgan fuqarolardan bunga ruxsat beruvçi tegişli hujjatlar söralganda, ular qölida heç qanday hujjati yöqligi va daraxtlarni kesiş uçun Nurafşon şahar hokimining quriliş işlari böyiça örinbosaridan topşiriq bölganini ma'lum qilgan.
Şundan söng, özini Nurafşon şahar hokimining quriliş işlari böyiça örinbosari Bunyod deb taniştirgan şaxs kelib, mahalla hududida yöl quriliş işlari olib borilayotgani va şu munosabat bilan daraxtlarni kesiş işlari boşlaganini aytgan.
U öz sözida, şuningdek, daraxt kesiş uçun «Yagona darça»dan ruxsat olinganini ham qöşimça qilgan.
Holat böyiça hokim örinbosaridan yozma ravişda tuşuntiriş söralganda, uni berişdan boş tortgan va daraxt kesiş işlarini olib borayotgan şaxslarni ham tarqatib yuborgan», deyiladi xabarda.
Ma'lum bölişiça, uşbu holatda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 109 mln 270 000 sömni taşkil qilgan.
Hozirda töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.











