Bunga sabab – karantin tufayli maişiy çiqindilarni olib çiqib ketganlik uçun naqd pul yiğimlari taşkil etilmayapti, naqd pul tölovlarni qabul qiliş kassalari esa faoliyat yuritmayapti.
Şu munosabat bilan, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi aholidan maişiy çiqindilar olib çiqib ketilgani uçun tölovlarni masofadan turib öz vaqtida amalga oşirişni söradi.
«Bugungi epidemiologik vaziyatda şahrimiz hududlarining toza va ozoda bölişi juda muhim. Sanitar-tozalaş korxonalarining esa bu borada örni beqiyos. Ular murakkab vaziyatga qaramay, yurtdoşlarimizning ozodaligini ta'minlaş uçun mehnat qilayotgan xodimlar sirasiga kiradi.
Bugungi barçamiz uçun murakkab vaziyatda imkoni boriça ozodaligimizni ta'minlayotgan hamyurtlarimiz öz vaqtida maoşlarini olişlari uçun maişiy çiqindilar olib çiqib ketilgani uçun tölovlarni baholi qudrat amalga oşiriş talab etiladi. Aks holda, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar oylik maoş bilan ta'minlanişida muammolar yuzaga kelib, ular qisqartirilişiga olib kelinadi», – deyiladi qömita murojaatida.
Qayd etilişiça, abonentlarga qulaylik yaratiş maqsadida Majburiy ijro byurosining @mibuzbot Telegram-boti va Play Market'da CleanCity Abonent ilovasi işga tuşirilgan.













