1948 yilning 7 aprelida Soğliqni saqlaş masalalari böyiça assambleyaning birinçi yiğilişida Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga asos solingan.

JSST – Birlaşgan Millatlar Taşkilotining soğliqni saqlaş sohasiga ixtisoslaşgan nufuzli muassasasi bölib, uning tarkibiga hozirda 194ta a'zo davlat kiradi.

JSST Şveytsariyaning Jyeneva şahrida joylaşgan boş idorasi hamda 6ta mintaqaviy va 150ta mamlakatdagi vakolatxonalariga ega. JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi taşkilotning Yevropa mintaqasidagi vakolatxonasiga qaraşlidir.

Özbekiston JSSTga 1992 yil 25 mayda a'zo bölgan. JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi 1993 yilda Toşkentda öz faoliyatini boşlagan.

Umumjahon soğliqni saqlaş kuni – bu sayyoramiz aholisi e'tiborini salomatlik va soğliqni saqlaş muammolariga jalb qilişga qaratilgan global kampaniyadir.

Umumjahon soğliqni saqlaş kunini nişonlaş bilan boğliq tadbirlar JSST boşçiligida taşkillaştiriladi. Bu kunni nişonlaş munosabati bilan har yili soğliqni saqlaş sohasida dolzarb bölgan masalalarga xalqaro jamoatçilikning e'tiborini qaratiş maqsadida muayyan bir mavzu belgilab olinadi.

2020 yil «Xalqaro hamşiralik va akuşerlik xizmati xodimlari» yili deb e'lon qilingan, şu sababli uşbu kun tadbirlari hamşiralar va akuşerlik xizmati xodimlarining butun dunyoda odamlarning soğliğini himoya qilişdagi muhim örni va hamşiralar va akuşerlik xizmatlarini kuçaytiriş zarurligiga bağişlandi.

JSST hisobotiga köra, dunyoda 28 millionga yaqin hamşira bor va davlatlar uçun kamida 5,9 mln hamşira yetişmayapti.

Hisobotda ta'kidlanişiça, hamşiralar soğliqni saqlaş sohasidagi eng yirik professional guruh bölib, tibbiyot xodimlari umumiy sonining qariyb 59 foizini taşkil qiladi.

Afsuski, koronavirus pandemiyasi tufayli Umumjahon salomatlik kuni taşvişli şaroitda ötmoqda.

Ayni kunlarda barça kuç va vositalar, mablağ va resurslar koronavirusning keng tarqalişi oldini oliş, virus bilan kasallanganlarni soğaytiriş, butun mamlakatning sanitariya-epidemiologiya holatini barqarorlaştirişga yönaltirilgan.

Pandemiya – tibbiyot xodimlari qançalik muhim kasb egalari ekani va ularning jamiyatdagi roli muhimligini körsatib berdi.

Biz tibbiyot xodimlari timsolida xalq salomatligi yölida öz halovatidan keçib, kunni tunga ulab, fidokorona mehnat qilayotgan şarafli kasb egalarini köramiz. Hozirgi kunda yuzaga kelgan vaziyat yurtimizning har bir fuqarosi zimmasiga katta mas'uliyat yuklamoqda. Ayniqsa, tibbiyot xodimlarining yelkasidagi yukning zalvori oğir.