«Hisoblagiçlar hududda radiatsiya miqdori 2,3 ekanini körsatmoqda. Me'yoriy miqdor esa 0,14 bölişi kerak», deydi Firsov radiatsiya körsatkiçi yonğin sabab bunçalik kötarilib ketganini izohlar ekan. Uning aytişiça, sobiq AES joylaşgan va Çernobil hududi deb ataladigan yerlarda 20 gektar örmon yongan. Umumiy hisobda esa 100 gektar örmon olov içida qolgan.

Dastlabki xulosalarga köra, kimdir yerdagi quruq ötlarni yoqib yuborgan va olov örmonga ham ötgan. 3 kundan buyon davom etayotgan yonğinlarda 140 dan ortiq öt öçiruvçi, önlab maşina, samolyot, vertolyotlar jalb qilingan. Yonğin natijasida kötarilgan tutun Ukraina poytaxti Kiyevgaça borgan va odamlar havoning badböyligidan şikoyat qilgan.

Ma'lumot uçun, Çernobildagi atom elektrostansiyasida 1986 yil 26 aprel kuni avariya sodir bölib energobloglardan biri portlagan. Oqibatda Ukraina, Rossiya va Belarusning Çernobilga yaqin hududlarida radiatsiya miqdori ortib ketgan.

Yonğin sabab 150 mingdan köproq odam evakuatsiya qilingan, yonğinni bartaraf etiş uçun 600 ming odam safarbar etilgan. Rasmiy ma'lumotlarga köra, 1986 yilgi avariya sabab 50 kişi halok bölgan, ammo öşa vaqtda tarqalgan radiatsiya minglab odamlarning bevaqt ölimiga sabab bölgani aytiladi.