Xitoyning radioaktiv gibrid avtomobillari ishlab chiqaruvchining o‘ziga qaytarib yuborilishi kerak, dedi “Rossiya avtomobilchilari harakati” vitse-prezidenti Leonid Olshanskiy.

Avvalroq Perm politexnika instituti olimlari Xitoyda ishlab chiqarilgan gibrid avtomobillarda radiatsion fon me’yordagidan sakkiz baravar yuqoriligini aniqlashgandi.

Qayd etilishicha, motor, invertorlar va litiy-ion batareya o‘zidan radiatsiya chiqaradi. Bunday mashinada uzoq vaqt o‘tirish nevrologik buzilishlar, tushkunlik va hatto saraton kasalliklarini keltirib chiqaradi, degan ekspertlar.

“Bu mashinalarni zudlik bilan sotuvdan olish kerak. Sotilgan barcha mashinalarni ortga qaytarish va xaridorlarning pullarini qaytib berish kerak. Buni Rospotrebnadzor prokuratura bilan hamkorlikda amalga oshirishi lozim”, — dedi Olshanskiy.