Avvalroq Nukus şahrida yaşaydigan erkak va uning onasida koronavirus aniqlangaç, ular bilan muloqotda bölgan kişilar karantinga olinib, ulardan ham tahlillar olingan.

Tahlil natijalariga köra, yana quyidagilarda COVID-19 kasalligi aniqlangan:

‒ ilk bemor sanalgan erkakning ayoli va ularning ikki qizida;
‒ ilk bemor va uning onasiga tibbiy yordam körsatgan hamşira va uning qizida;
‒ ilk bemor bilan birga işlaydigan boşqa bir erkakda;
‒ Favqulodda vaziyatlar vazirligida xizmat safari bilan Toşkent şahridan kelgan 3 nafar erkak kişida.

Hozirda kasallanganlar Respublika yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda. Ularning ahvoli örtaça darajada.

Epidemiologik tekşiriş işlari davom etmoqda.

Eslatib ötamiz, Özbekiston miqyosida koronavirus yuqtirib oliş bilan boğliq 504ta holat aniqlangan. Ulardan 30 kişi soğaydi, 2 bemor vafot etdi.

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolaş paytida virusni yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga 100 million söm miqdorida bir martalik tölov belgilangan. Buning oqibatida ular oğir ahvolga tuşsa yoki soğliği tiklanmagan taqdirda, ularga yoki oila a'zolariga 250 mln söm tölab beriladi.