Kasallikning global iqtisodiy ta'sirini o‘rganish bo‘yicha birinchi keng qamrovli tekshiruvi xulosasiga ko‘ra, G7 guruhiga kiruvchi dunyoning yetakchi iqtisodiyotlari 3,9 trillion dollar miqdorida ziyon ko‘rdi. Agar Xitoy Kommunistik partiyasi fojia haqida ochiq va to‘g‘ri ma'lumot tarqatganida, uning oqibatlaridan qochish mumkin edi, deyiladi tahlilda.

Talab etilayotgan tovon puli Britaniyaning g‘aznachisi Rishi Sunak ishlab chiqqan iqtisodiy yordam hamda va Sog‘liqni saqlash milliy xizmati inqirozga javoban oshirgan xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu muhim tadqiqot shuningdek, joriy yil boshida Buyuk Britaniyaning Londondan Uhanga reyslarni bekor qilmaslik haqidagi qarorlari, qolaversa, notinch Xitoy va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining noto‘g‘ri ma'lumotlarini ham inobatga olgan.

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniyaning tashqi siyosiy tahlil markazi — Henri Jyekson jamiyati tomonidan e'lon qilingan hisobotda Xitoy sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro shartnomalar majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzganligi haqida dalillar mavjud va yirik davlatlar ulardan zararni qoplashi mumkin bo‘lgan o‘nta qonuniy yo‘lni bayon qiladi.

Tadqiqot «Koronavirus kompensatsiyasi: Xitoyning potensial aybdorligi va huquqiy munosabat usullarini baholash» deb nomlangan va shunday xulosaga keladi: «XKP (Xitoy Kommunistik partiyasi) salbiy xabarlarni eng yuqoridan yashirishga va tashqi dunyo salbiy xarakterdagi xabarlarini tarqalmasligiga intildi. Endi Xitoy bunga javoban rivojlangan va murakkab dezinformatsiya kampaniyasini uyushtirib, dunyo hamjamiyatiga soya solib turgan inqirozda beayb ekanini isbotlab, buning o‘rniga jahon mamlakatlari uchun Xitoy qilayotgan barcha narsalarga minnatdor bo‘lishi kerakligiga ishontirmoqchi. Haqiqat shundaki, COVID-19 uchun Xitoy aybdor. Agar Pekinga qarshi da'volar bo‘lsa, ular trillionlab funtga tushishi mumkin». 

Foto: Getty Images

Hisobot ortidan hukumatning 4 nafar sobiq vaziri va boshqa 11 nafar konservativ deputatlar Bosh vazirga Xitoy bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqish talabi bayon etilgan xat yo‘llagan. Janob Grin va sobiq vazirlar — Iain Dankan Smit, Devid Devis va Ouen Patersonning fikricha, «Xitoy xalqaro shartnomalarga rioya qilmasligi sababli, qoidalarga asoslangan tizimga zarar yetkazilishidan xavotir mavjud» .