Içki işlar vazirligi 8 aprel soat 09:00 holatiga hududlar kesimidagi raqamlarni keltirib ötdi.
- Toşkent şahrida – 5 651 ta holat
- Farğona viloyatida – 4 521
- Toşkent viloyatida – 4 364
- Samarqand viloyatida – 3 594
- Qaşqadaryo viloyatida – 3 151
- Sirdaryo viloyatida – 2 582
- Namangan viloyatida – 2 321
- Andijon viloyatida – 1 894
- Jizzax viloyatida – 1 673
- Surxondaryo viloyatida – 1 641
- Buxoro viloyatida – 1 431
- Xorazm viloyatida – 1 425
- Qoraqalpoğiston Respublikasida – 1 126
- Navoiy viloyatida – 397.
Qayd etilişiça, karantin qoidalariga rioya qiliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilişiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Vazirlik qator misollarni ham keltirib ötgan bölib, ular orasida 63 yoşli velosipedçi ham bor.
«7 aprel kuni Samarqand şahar X.A.Vali köçasida yaşovçi F.X. (1974 y.t.), Sirdaryo viloyati Sardoba tumani «Zomin» mahallasi Madadkor köçasida yaşovçi S.S. (1957 y.t.) velosipedda bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 54-moddasi böyiça javobgarlikka tortilib, velosipedlari jarima maydonçasiga joylaştirilgan», – deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, MJtKning 54-moddasiga asosan, karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar tarqalişining oldini oliş maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganlar quyidagiça miqdorda jarimaga tortiladi:
- fuqarolar – BHMning 20-30 baravari (4 460 000 – 6 690 000 söm)
- mansabdor şaxslar – BHMning 30-50 baravari (6 690 000 – 11 150 000 söm)













