O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 7 apreldagi «Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–4666 sonli qarori imzolandi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 1 sentyabrdan Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini ma'qullagan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining quyidagi takliflariga ham rozilik berilgan:
- Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutini Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etish;
- Toshkent shahridagi 1-son Respublika klinik shifoxonasi negizida Markazning ko‘p tarmoqli klinikasini tuzish;
- tibbiyot oliy ta'lim muassasalari mavjud bo‘lmagan hududlarda (Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida) hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida Markaz filiallarini ochish;
- Markazda 2021 yilgi O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi mablag‘lari hisobidan xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv-simulyatsion markazini tashkil qilish.
Prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining tuzilmasi tasdiqlangan.
Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz kasbiy malakasini oshirish tizimida 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab akkreditatsiyadan o‘tmasdan, SSV tomonidan har yili tasdiqlanadigan o‘quv dasturlari asosida o‘qitish huquqi quyidagi muassasa va tashkilotlarga taqdim etiladi:
- O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan va pullik asosda – respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari;








