U bu haqda tvitterda yozdi.

“JSST barçasini uddalay olmadi. Noma'lum sababga köra asosan AQŞ tomonidan moliyalaştiriluvçi taşkilot barça e'tiborini Xitoyga qaratdi. Biz bu masalani batafsil örganib çiqamiz”, deb aytgan Tramp.

“Yaxşiyamki, men boşidan ularning Xitoy bilan çegaramizni oçiq uşlaşimiz kerakligi haqidagi tavsiyasini rad etdim. Nima uçun ular bizga bunday zararli tavsiya berişdi?”, deb yozgan AQŞ prezidenti.

Trampning bu dalillari Wall Street Journal naşridagi maqolada ham keltirilgan. Naşrda JSST Xitoy hukumati izmida yurib, koronavirus pandemiyasini e'lon qilişni çözgani aytilgan.

Tramp koronavirus xavfini yetarliça baholamagani sababli bir neça bor tanqidga uçragan. Politico naşrining yozişiça, fevraldayoq mutaxassislar Trampni koronavirus avj olişi oldini oliş uçun ortga surib bölmaydigan çoralar körişga çaqirişgan, biroq AQŞ prezidenti “barçasi uning nazoratida ekanini” aytib kelgan. Keyinroq esa Tramp barçasiga koronavirusdan ölim darajasi notöğri baholagan JSST aybdorligini, uning özi esa yuz berayotgan voqealarning jiddiyligini boşidan anglaganini ta'kidlay boşlagan. 

AQŞda koronavirusdan kasallanganlar va ölimlar soni jadal köpayib bormoqda. Hozirda mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 400 mingga yaqinlaşib qoldi, virus qurbonlari soni esa 24,5 mingni taşkil qilmoqda.