Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziyada noma'lum shaxs koronavirusga qarshi kurash jamg‘armasiga 31 mln dollar o‘tkazib berdi
Gruziyada hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan koronavirusga qarshi kurash jamg‘armasida to‘planayotgan pullar 9 aprelga o‘tar kechasi noma'lum manbadan 100 mln lari (31 mln dollar) kelib tushgandan keyin 5 marotabaga ko‘paydi.
Gruziyaning Birinchi kanali xabar berishicha, 8 aprelda jamg‘arma saytida ko‘rsatilgan oxirgi summa 23 mln laridan (7 mln dollar) ko‘proq bo‘lgan. Ayni vaqtda bu summa 124543899 larini (39 mln dollar) tashkil etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan taxminlardan biriga ko‘ra, 100 mln larini StopCov jamg‘armasiga mamlakatdagi yetakchi partiya “Gruziya orzusi” raisi, milliarder Bidzina Ivanishvili o‘tkazib bergan. Biroq buni tasdiqlovchi rasmiy ma'lumot yo‘q.
Avvalroq Gruziya hukumati a'zolari, deputatlar, prezident Salome Zurabishvili jamg‘armaga har oy o‘z maoshlarining uchdan bir qismini o‘tkazishlarini aytishgan. Bu jamg‘armaning bosh maqsadi koronavirus pandemiyasi vaqtida aholining zaif qatlamlariga yordam berishdan iborat. Jamg‘armaga pullarni ham tashkilotlar, ham oddiy fuqarolar xayriya qilishlari mumkin.
Avvalroq rossiyalik milliarder Alisher Usmonov O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash doirasidagi tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
14:29 / 03.05.2026
Xalqaro qidiruvdagi shaxs Gruziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025
AQSh Sog‘liqni saqlash vazirligi mRNK-vaksinalari uchun mablag‘ni qaytarib oldi
21:02 / 24.07.2025