Xitoyda istiqomat qiluvçi, asli italiyalik spiker va yozuvçi Mario Kavolo hukumat qanday qilib koronavirusni qisqa vaqtda jilovlay olgani böyiça şaxsiy kuzatuvlari bilan örtoqlaşdi.
«Xitoyda 21 yildan beri yaşayotgan şaxs sifatida, mamlakat qanday qilib epidemiyani nazoratga olganini aytib bermoqçiman.

Foto: linkedin.com
Xitoyda yangi kasallaniş holatlari aniqlanmayotgani, boşqaruv kuçlari virus ustidan töliq nazorat örnatganining boisi – aksariyat provinsiyalarda kasallaniş holatlari 100dan kam bölganda ham ular töliq izolyatsiya qilingan edi. Köçada har bir kişi, mutlaqo hamma niqobda. Bu ixtiyoriy emas, majburiy tarzda amalga oşirildi. Juda jön köringani bilan bu asosli sabab.
Birgina misol. Men yaşaydigan Lyaonin provinsiyasida 89ta kasallaniş holati aniqlanganda ham butun provinsiya yopilgan, töliq nazorat örnatilgan edi.
Jamoat transportlari, savdo dökonlari, ofislar, ta'lim muassasalari – barçasi heç bir istisnosiz yopildi.
Birlamçi zarurat bilan eng yaqindagi oziq-ovqat dökoniga çiqqaningizda ham tana haroratingiz ölçanadi, sizning marşrutingiz haqida ma'lumot beruvçi QR-kod skanerdan ötkaziladi. Bu kodda şaxsning qayerda, qaçon bölganini körsatuvçi ma'lumotlar saqlanadi.
Agar unda keyinçalik COVID-19 aniqlangudek bölsa, kimlar bilan muloqotda bölgani şu orqali osongina aniqlanadi. Bu virusning epidemiologik marşrutini tiklaş uçun yordam beradi.
Uyda esa öz hayotingiz bilan yaşaysiz. Farzandlar ta'limi, masofaviy iş...
Örnatilgan tartibga hamma qat'iy rioya qildi. Butun mamlakat böyiça barça provinsiyalar, heç bir istisnosiz.
Aholi hukumat qil degan işni qildi. Vaziyat oğirlaşişini kutmadi. Bu fuqarolik mas'uliyati xolos. Sen özing yaşayotgan jamiyat uçun qayğurişing, uning salomatligi uçun mas'uliyatni his qilişing kerak. Çunki sen ham şu jamiyatning bir bölagisan, şu jamiyatda nafas olyapsan.
Fevral oyi yakunidayoq aksariyat provinsiyalarda kasallaniş körsatkiçi nolga tuşgan edi. Şunga qaramay, barça kuzatuv va nazorat kuçlari öz örnida saqlab qolindi. Yangi kasallik holati aniqlanişi bilan ular zudlik bilan işga tuşiriladi. Bu – mamlakatda kasallikning yana avj olib ketmasligini kafolatlaydi.













