Buni “Rossiya-24” telekanali efirida JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynoviç AQŞ prezidenti Donald Trampning JSSTni tanqid qilişiga javoban aytdi.
“JSST 31 dekabrda Xitoydan virus haqida ma'lumot paydo bölgandayoq, bu ma'lumotni barça ekspertlar örtasida tarqatgan. Şu sababli har bir davlat oğir zotiljamga olib keluvçi infeksiya paydo bölganidan ogoh qilingan. Şundan keyin JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus öz vakolatiga asoslanib, butun dunyodan, jumladan Rossiya, Xitoy va AQŞdan mutaxassislar bölgan favqulodda yiğiliş çaqirtirgan”, deb ma'lum qilgan Vuynoviç.
Uning aytişiça, öşa yiğilişning barça iştirokçilari vujudga kelgan vaziyat Xitoy uçun katta ahamiyatga egaligi, biroq “qolganlar ham ehtiyotkor bölişi kerakligi” haqidagi fikrga kelgan. “Şundan 3 kun keyin infeksiya boşqa davlatlarga ham olib kirilayotgani ayon bölgan va trevoga darajasi eng yuqori darajagaça kötarilgan”, deb qöşimça qilgan JSST vakili.

Donald Tramp 7 aprelda JSSTni tanqid ostiga olib, taşkilot asosan AQŞ tomonidan moliyalaştirilsa-da, bor e'tiborini Xitoyga qaratganini aytgan. Keyinroq u Oq uydagi brifingda Vaşington JSST budjetiga badallar tölaşni töxtatiş imkoniyatini örganayotganini ta'kidlab ötgan. U JSST tomonidan koronavirusga qarşi kuraşda körilgan barça çoralar notöğri bölganini aytgan.
JSST koronavirus tarqalişini Xitoy u haqida rasman ogohlantirgandan deyarli 2,5 oy ötib, 11 martda rasman jahon miqyosidagi epidemiya - pandemiya deb e'lon qilgan.
Wall Street Journal naşrida keltirilgan maqolada ham JSST tanqid qilinib, u Xitoy hukumati izmida yurib, koronavirus pandemiyasini e'lon qilişni çözib yuborgani aytilgan.











