Ötgan hafta Xitoydagi metro bekatlaridan biriga: «Endi hayot avvalgidek bölmaydi. Avvalgi hayot xato edi», degan yozuvni çizib ketişdi. Çindan ham, koronavirus pandemiyasidan keyin bizni qanday özgarişlar kutmoqda? Bu savolga javob beriş uçun ayrim aççiq haqiqatlarni tan olişga töğri keladi.
Pandemiya qaçon tugaşini hozirça heç kim bilmaydi, ammo u bir kuni tugaydi. Virusga qarşi qilingan ayrim özgarişlar yana öz holiga qaytişi mumkin. Lekin hammasi ham emas. Koronavirus sayyoramiz böylab şunçalik köp odamning hayotiga jiddiy ta'sir qildiki, bu galgi vabo yaqin tarixda insoniyatning turmuş tarzini tubdan özgartiruvçi buriliş nuqta bölişi kutilmoqda.
Ekspertlarning fikriça, ötgan asrda insoniyat taqdirini uruşlar özgartirgan bölsa, hozirgi va bundan keyingi asrdagi özgarişlar iqlim özgarişlari, pandemiyalar bilan boğliq bölişi mumkin.
Yer sayyorasida qança virus bor?
Viruslar tarixi ham insoniyatniki kabi qadimiydir. Viruslarning kelib çiqişi ham bakteriyalar kabi qadimgi hujayrali hayot şakllariga borib taqaladi. Ammo, sut emizuvçilar misolida aytiş mumkinki, bakteriyalar qançalik takomillaşib borgan bölsa, yillar davomida viruslar şu qadar ixçamlaşib, soddalaşgan.
Amerikalik taniqli epidemiolog Stefen Morzga köra, modomiki Yerda 50 000 turdagi umurtqali jonzot va ularning har birida ~20 turdagi virus mavjudligi hisobga olinsa, sayyoramizdagi sutemizuvçilar, jumladan inson turmuş tarziga ham 320 000ta virus muntazam ta'sir ötkazib keladi.
Viruslar qançalik zararli?
Bugungi kunda viruslar juda kiçik va sodda, hatto mustaqil köpayiş könikmasiga ham ega emas. Viruslar ularga jon saqlaşlariga yordam beradigan mezbon hujayraning genetik ma'lumotini taşiydilar xolos. Şu hujayrada ular özlarining yangi nusxalarini köpaytiradilar. Şu vaqtgaça biologlar ularni hayot şakli deb ham tasniflaşmagan.
Ammo sönggi ön yillikda bizning viruslarga nisbatan qaraşlarimiz özgara boşladi. Fransiyalik virusologlar tadqiqotlarida bakteriyaga öxşagan, ammo genetik jihatdan ulardan farqli ulkan virusni aniqlaşdi. Mimivirus, ya'ni taqlid qiluvçi virus nafaqat yirikligi, balki genlarga boyligi bilan ham ajralib turadi. Ya'ni, ular biz öylagandan köra mukammalroq.
Çikago universiteti mikrobiologi Jyeyms Şapiroga köra, viruslarni zararkunanda yoki halokat qözğatuvçi deb öylaş – xato. Viruslarsiz Yerdagi hayot tamoman boşqaça, hozirgidan farqli bölişi mumkin edi.
Mavzuga oid
Misol uçun, tadqiqotlarga köra, 100 million yil avval ibtidoiy sutemizuvçilarda kuzatilgan infeksiya davrida umurtqali jonzotlar yuqtirib olgan yangi gen homila va yöldoş rivojlanişiga sababçi bölgan. Hujayralarni birlaştiruvçi bu oqsil viruslari homilaga onadan ozuqa moddalarini oliş imkonini bergan.
Tabiatga munosabatimiz özgarsa, omon qolamiz
Biologlarning fikriça, sönggi yillarda sodir bölgan pandemiyalarning qözğatuvçisi sifatida ikki muhim sababni keltiriş mumkin:
1) Sinaşda bölmagan yovvoyi hayvon-jonzotlarni iste'mol qiliş (SARS-CoV-2 Uhandagi yovvoyi hayvonlar bozoridan tarqalgani aytilmoqda);
2) Örmonsizlaştiriş.
Har ikkala holat ham insonning tabiatga tajovuzi tufayli yuzaga kelgan.
Bizni qanday özgarişlar kutmoqda?
Salom-alik va fe'l-atvor
Kasallikni yuqtirişdan qörqib yaşaş inson ruhiyatiga salbiy ta'sir ötkazib, uni odamovi qilib qöyişi mumkin. Bunday vaziyatda axloqiy va ijtimoiy qoidalarning ahamiyati kamayib, odamlar özlari bilmagan odamlar bilan muloqotdan qoçadilar. Hatto sizga yaxşi taniş inson ham siz bilan muloqotda ğalati, noodatiy xatti-harakatlar qila boşlaydi.
Hozirdanoq kasallanişdan xavfsirab, bir-biriga şubha nazari bilan qarayotganlar soni oşib bormoqda.
Zamonaviy tibbiyot tuğilguniga qadar yuqumli kasalliklar insoniyatning omon qolişida katta tahdid bölgan. Ularga qarşi kuraş evaziga ming yillar mobaynida insonda ajoyib mexanizmlar rivojlangan. Şulardan biri – immunitet. Ammo immunitet mustahkamligini ta'minlaşga doim ham imkon bölmagan. Natijada, fe'l-atvorda ongsiz psixologik himoya tizimi şakllangan, ya'ni «xatti-harakat immuniteti» tizimi.
Bu tizim sabab nopok yoki jirkanç narsani, çirigan mahsulotni körsak, beixtiyor orqaga tisarilamiz, burnimizni bekitamiz, tanamiz açigan mahsulotni qabul qilmaydi, qayt qilib taşlaydi. Aynan «xatti-harakat immuniteti» tizimi biz uçun kasallikdan birinçi himoya çiziğidir.
COVID-19 bizga toza köringan har qanday yuza xatarga olib kelişi mumkinligini körsatdi. Bizdagi «xatti-harakat immuniteti»da har yoqqa qöl tekkizişdan imkon qadar qoçiş könikmasi şakllanmoqda.
Biz hattoki jigarimizdek yaqin bölib qolgan pulni uşlaşga qörqyapmiz.
Bundan taşqari, ijtimoiy mavjudot sifatida katta guruhlarda yaşaş yoki işlaşga örganib qolganmiz. Bugungi vaziyat sababli «xatti-harakat immuniteti» odamlar bilan munosabatimizni kamaytirişni, yangiça ijtimoiy intizomga könikişni talab qilmoqda.
Bu holat ijtimoiy munosabatlarga, xususan muloqotga ta'sir qiladi. Kamroq va qisqaroq suhbatlarga odatlanamiz. Pandemiya çoğida amal qilingan «ijtimoiy masofa» va izolyatsiya ta'sirida odamlar özlarining «qulay hudud»larini kengaytiradilar. Ya'ni suhbat jarayonida suhbatdoş bilan masofani uzoqroq saqlaydilar.
Bugun bunday xulq qöpol bölib tuyulişi mumkin. Biroq ijtimoiy munosabat masalasida fe'l-atvordagi immunitet mantiqdan köra xavfsizroq işlaydi.
Şarq azaldan naqadar donoligini isbotlaşdan çarçamayapti. Özbekona usulda qölini köksiga qöyişning ahamiyatini anglab yetdik. Pandemiya davomida bu an'analar qaytdi. Ehtimol yaqin orada sanitariya qoidasi sifatida rasman odob-axloq normalari safiga qöşilsa, ajab emas.
Şunday ekan, doim qöl olib körişadigan tanişingiz endi qöl çöziş örniga, qölini köksiga qöyib körişsa, ranjimang, uni töğri tuşuning – uning tanasi omon qolişga harakat qilyapti.
Ijtimoiy yiğinlar, yirik tadbirlar
Bu borada, ayniqsa, yurtimizda katta özgariş bölişini hozirdan taxmin qiliş mumkin. Sönggi yillarda minglab odamlarni töplagan dabdabali tadbirlar, jumladan töy va yiğinlarga odatlandik. Ustiga-ustak bir-birini mehr bilan bağriga bosişga odatlangan, yuz bosib va öpişib körişadigan jigarjon xalqmiz. Natijada pandemiya xavfi yanada oşadi.
Köpçiligimizning közimiz oçilsa, yiğin va töylarni ixçamroq ötkazişga odatlanamiz.
Inson omili
Bugun uyda qamalib olgan odamning xayolidan ötayotgan afsuslardan biri şunday: «Nega smartfonda soatlab vaqt ötkazdim-u, lekin farzandim onlayn usulda ham ta'lim olişi mumkinligini oldinroq öylamadim?» Yoki: «Nega onlayn xarid qilişni avvalroq örganmadim?»
Texnologiyalarning rivoji jamiyatni tobora bilimning ixtiyoriga topşirmoqda. Bunday jamiyatda muayyan könikmalarga ega insonlar muvaffaqiyat qozonadilar, yaxşi yaşaydilar. Baxtga qarşi ularning deyarli hammasi kognitiv, ya'ni bilim va bilişga oid. Şulardan biri – axborot texnologiyalari savodxonligi.
Pandemiya aholining elektron vosita va ilovalardan foydalanişga oid könikmalarini rivojlantiradi. Biz endi yana ham virtuallaşamiz. Buning orqasidan esa inson omili rivojlanadi.
Ta'lim
YuNeSKO ma'lumotlariga köra, 2020 yilning 8 aprel holatida COVID-19 tufayli jahon miqyosida 188 mamlakatda 1,7 milliard öquvçi maktabga bora olmayapti. Koronavirus barça turdagi ta'lim oluvçilarning 99,4 foiziga u yoki bu körinişda zarar yetkazgan. Keça maktab partasida, bugun esa elektron devayslar qarşisida öqituvçisini tinglayotgan öquvçining özlaştiriş darajasi avvaliga tuşib ketişi tayin. Biroq inson – moslaşuvçan mavjudot.
Yuqoridagi raqamlar nimani foş qildi? An'anaviy öqitiş usullari işonçli emas, ta'limga yangiça yondaşuvga asoslangan virtual platformalar kerak!
Ta'lim sohasida onlayn xizmat körsatuvçi kompaniyalar uçun 6,16 mln öquvçiga ega Özbekiston – yirik ta'lim bozori.
Puldor investor va tadbirkorlar kelajakni köra olsalar, ta'lim ular pul tikadigan navbatdagi soha böladi. Yaqin orada «raqamli darslik», «virtual sumka», «onlayn maktab», «raqamli diplom», «raqamli öqituvçi» kabi atamalardan keng foydalana boşlaymiz.
Ta'lim töxtab qolişining ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari inson omili bilan boğliq. Şuni hisobga olib, hukumatlar masofaviy ta'lim dasturlari, oçiq ta'limiy ilovalar va platformalar uçun yirik miqdorda pullar ajratişadi. Bu orqali istiqbolda sodir bölişi mumkin bölgan ta'lim uzilişlarining oldi suğurtalanadi.
Darvoqe, agar siz biror sohada yetakçi bölsangiz, hoziroq videobloglar oçing, odamlarga ta'lim berişni boşlang. Bu hozirdanoq yaxşi biznesga aylangan.
Biznes
Pandemiyadan keyin bilimga asoslangan sohalar gullab-yaşnaydi. Çunki bu sohadagi köplab iş beruvçilar faoliyati onlayn-ofisga köçiradilar. Ya'ni masofadan işlaş rivojlanadi. Uyimizga qayta tartib berişga töğri keladi. Axir işxonani qayerga joylaştirişni yaxşilab öylab köriş kerak.
Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasi bundan katta manfaatdor. Xususan, virtual konferensiya xizmatlarining davri kelmoqda.
Şu örinda, umumiy ovqatlaniş sohasi va yirik savdo majmualari uçun sinov davri boşlanişi mumkin. Odamlar endi bunday joylarga borişdan tiyiladilar. Buning örniga savdo-sotiqda va ovqatlanişda «yetkazib beriş» sohasi taraqqiy etadi.
Köngiloçar xizmatlar sohasida odamlar tobora virtual öyin va dam oliş usullarini ma'qul köradilar.
Turizm va globallaşuv
Dunyo mamlakatlari bir-biri uçun yopiladimi yoki oçiladimi, buni vaqt körsatadi. Lekin biz şu vaqtga qadar «içkariga kirib ketdi» degan sözni kimningdir qamalganiga işora sifatida işlatgan bölsak, endi biz uçun ham içkari – öz uyimiz xavfsiz makon böladi.
Endi çoyxonaga yoki toğga çiqişdan avval bir fursat öylab köramiz, Parij yoki Antaliyaga borişga şoşmaymiz.
Xalqaro miqyosda sayyohlarning oqimi bir muddat kamayadi. Bir oz ötib uyidan zerikkanlar «safar dar vatan» ögitiga amal qilib, asta-sekin öz makonlari böylab sayohatga odatlanadilar. Buning evaziga mahalliy sayyohlar oqimi oşadi. Mahalliy turizmni rivojlantiriş uçun ayni muddao.
Böm-böş şaharlar
2018 yilda Şveytsariyada ötgan Jahon iqtisodiy forumida ham yaqin kelajakda masofadan işlaş ommalaşişi aytilgan edi. Pandemiya bu muddatni yanada yaqinroqqa olib keldi. Endi ofisda körinib ketiş yoki kun ötsin uçun emas, natija uçun işlaş rejimiga ötamiz.
Agar iş beruvçilar onlayn işlaş rejimiga ommaviy ötadigan bölsa, yirik şaharlardagi yölovçilar oqimi pasayadi.
Katta şaharlarda yöqotişlar ham katta bölişini köryapmiz. Modomiki iş joyi qayerda yaşaşda muhim omil bölmasa, bunday odamlarning oilasi bilan birga şahardan taşqariga şoşilişi kuzatiladi. Şahar atrofidagi hududlar rivojlanadi.
Şaxsiy transportlar harakatlanişining kamayişi şaharlarning ekologik holati uçun ayni muddao böladi. Ammo boşqaça ham bölişi mumkin…
Iqtisod va siyosat
The New York Times naşrining yozişiça, pandemiya ortga çekinganidan söng, uning oqibatida zararlangan iqtisodiyotni qayta oyoqqa qöyiş uçun sanoat va sohalar ikki barobar köproq quvvatda işlaşga kirişib ketadi. Natijada nima böladi? Uglerod gazlarining havoga çiqarilişi orqasidan iqlim özgarişi bilan boğliq inqiroz ön yilga tezlaşib ketadi.
Pandemiyaning eng katta qurboni – iqtisodiyot. SOVID-19 nafaqat muayyan bir davlatlar, balki dunyo iqtisodiyoti qançalar zaif ekanini isbot qildi. Xalqaro savdo barqarorligini ta'minlaşda yetkazib beriş zanjiridagi yondaşuvni özgartiriş kerakligi ayon böldi.
Şuningdek, pandemiya hukumat va aholi örtasidagi aloqalarni va hukumatning boşqaruv qobiliyatini ham sinovdan ötkazmoqda. Bu jarayonda aholining himoyasiz qatlamini himoyalaş har qanday hukumat uçun töğri qarordir. Hammasi joyiga tuşganidan keyin aholi ulkan yöqotişlar uçun sörov talab qilişi yoki jipslaşib keyingi halokatlarning oldini olişi mumkin.
Jamiyatşunoslarning fikriça, kuçsiz davlatlarda virus munosabati bilan tatbiq qilingan tartib-intizom jamiyatdagi avtoritarizm va anarxiya kuçayişiga olib kelişi mumkin.
Dunyoni boşqaça köra boşlaymiz
Virus balosi odamlarni hamjihat qilişi mumkin. Endi individuallik emas, jamoaviylik. Ya'ni muammoga qarşi birgalikda kuraşamiz.
Sotsiologlarning fikriça, bir-biri bilan boylik töplaşda poyga öynayotgan odamlar bir muddat töxtaşadi, muammoning umumiyligi, ularning taqdiri oddiy xalqniki bilan çambarças ekanini anglaydilar.
Hayotning naqadar omonatligini tuşundik. Şu bilan birga, ötkinçi mol-davlatga hirs qöyiş hissi susayadi. Odamlarda bir-birlariga xayrixohlik oşadi. Demak, faol fuqarolik pozitsiyasi oşişi kutilmoqda.
Telemeditsina va media
Koronavirus insoniyat tarixidagi eng yaxşi tanilgan virus böldi. Uning ommaviy tarqalişi media gullab-yaşnagan bir davrga töğri keldi. Uning tarqalişidan eng katta foyda körgan soha tabiiyki, bu – ommaviy axborot vositalaridir.
Natijada, keyingi pandemiyaning sodir bölişidan odamlar hayratga tuşmaydigan davrda (yaqin kelajakda) yaşamasak kerak. Sanitariya va gigiyena qoidalarining ahamiyati va albatta salomatlikka e'tibor özgaradi. Buning evaziga telemeditsina platformalarining rivoji jadallaşib ketadi. Keyin esa uyda ötirib şifokor huzuriga taşrif buyuramiz.
Darvoqe, pandemiya orqasidan obro‘-nufuz topiş yoki şov-şuv hamda vahima kötariş maqsadida işlagan media vositalari ham böldi. Natijada, auditoriya bir muddat axborot oqimida ixtiyorsiz ravişda suzdi. Köp ötmasdan rasmiy axborot manbalarining paydo bölişi axborot xavfsizligini ta'minladi.
Barçamiz pazandaga va uyning odamiga aylanamiz
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatayotgan bölsangiz, şu kunlarda pişir-tuşirni ayollar ham, erkaklar ham bir xil odatga aylantirişgan. Buni tomoşabinlari soni birdaniga bir neça barobarga kötarilib ketgan pazandalik videobloglaridan ham biliş mumkin.
Pandemiyadan keyin odamlar uylarida tez-tez ovqat tayyorlaşadi.
Çoyxonadan beri kelmaydigan erkaklar ham endi oilalari uçun köproq vaqt ajratadilar, uyda mazali taomlar pişirişga odatlansalar ajab emas.
***
Hayot qaçon öz iziga tuşadi?
Qaçon odamlar yana avvalgidek xotirjam va qörquvsiz yaşay boşlaydilar?
Qaçon biz yana virus xavfidan xoli, maza qilib suhbat quramiz?
Bu savollarga javob hammani qiziqtiradi. Ekspertlar may-iyun oylarida vaziyat yumşaşini, lekin jahondagi tang vaziyat 2021 yilda barham topişini aytişmoqda. Ungaça esa köp narsa özgaradi.
Xitoy metro bekatlaridan birida yozilgan öşa gap haqiqat – endi biz keçagidek yaşolmaymiz. Natija esa bugungi qarorlarimizga boğliq.
Şuhrat Sattorov,
Xalq ta'limi vazirligi qoşidagi Respublika ta'lim
markazi direktori örinbosari, jurnalist.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi