Botsvana prezidenti Mokgvitsi Masisi, hukumat a'zolari va mamlakat parlamentining barça deputatlari koronavirus pandemiyasi sababli uy karantiniga jönatildi. Bu haqda Botsvana hukumati rasmiy portalida ma'lum qilindi.

"Izolyatsiya 14 kun davom etadi, şundan söng yangi koronavirusga testlar salbiy çiqsa, barça davlat şaxslarining karantindan çiqişiga ruxsat beriladi", - dedi mamlakat soğliqni saqlaş xizmati direktori Malaki Çipayagaye.

8 aprel kuni Botsvana bir palatali parlamentining töliq tarkibi davlat rahbarining mamlakatda joriy etilgan favqulodda holatni olti oyga uzaytiriş töğrisidagi iltimosini körib çiqiş uçun töplangandi. Botsvanada 2 aprelda favqulodda holat joriy etilgan bölib, konstitutsiyaga köra u 21 kundan ortiq davom etmaydi. Uni uzaytiriş uçun parlament qarori talab qilinadi. 

Yiğilişga prezident va hukumatning yetakçi a'zolari ham kelgandi. Yiğiliş boşlanişidan avval barçadan koronavirusga test olindi. Bir neça soatdan söng test olgan tibbiyot xodimlari orasida koronavirusga çalingan şifokor ham bölganligi aniqlandi. Natijada parlament yiğilişida iştirok etgan barça karantinga olindi.

Ayni paytga kelib Botsvanada koronavirusga çaliniş bilan boğliq oltita holat qayd etilgan, bir kişi vafot etgan.