Jahon banki «COVID-19ga qarşi kuraş» nomi ostida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotiga oid yangi hisobotini taqdim etdi.
Unga köra, pandemiya şaroitida Özbekistonning yalpi içki mahsuloti ösişi keskin qisqarib, 2020 yilda 1,6 foizni taşkil etişi prognoz qilingan.
Ta'kidlanişiça, mamlakatda iqtisodiy holati eng yomon aholi qatlami daromadlari 50 foizdan ortiqroqqa kamayib ketişi mumkin.
Soliq tuşumlarining kamayişi va inqirozni yumşatiş xarajatlari tufayli budjet defitsiti 2020 yilda YaIMning 5,6 foiziga, 2021 yilda 4,7 foiziga yetişi taxmin qilinmoqda.
Inflatsiya 2020 yilda 15,8 foiz, keyingi yillarda 14,8 va 12,0 foizga teng bölişi mumkin.
«Ijobiy tomondan esa, oltin va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti barqarorligiça qolişi kutilyapti, ammo narxlar özgaruvçanligi sezilarli ravişda yuqori bölişi mumkin», deyiladi hisobotda.
Şu bilan birga, mamlakat iqtisodiyoti yil söngiga borib önglana boşlaydi va 2021 yilda 6,5 foiz, 2022 yilda 5,5 foizlik ösişga erişadi, deya xulosa qilingan.
Qayd etiş kerak, YaIM ösişining 1,6 foizlik prognozi reallikka köçgan taqdirda, bu – Özbekiston iqtisodiyoti uçun 1995 yildan keyingi eng past ösiş körsatkiçi böladi. Öşa yili mamlakat YaIM -0,9 foizni taşkil etgan. 2002 yildan keyingi davrda ösiş sur'atlari 4 foizdan kam bölmay kelmoqda.
Jahon banki Özbekistonga inqirozga qarşi kuraş uçun 1,2 milliard dollar ajratişi mumkin
Eslatib ötamiz, ötgan hafta Osiyo taraqqiyot banki e'lon qilgan hisobotda Özbekiston iqtisodiyoti sekinlaşib, yalpi içki mahsulot ösişi 2020 yilda 4,7 foizni taşkil etişi prognoz qilingan edi.














