Xabarda aytilişiça, 6 aprel kuni boş vazir örinbosari Sardor Umurzoqov Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi böyiça Jahon banki Guruhi vitse-prezidenti Siril Myuller videokonferensiya körinişidagi suhbatda şu masalani muhokama qilgan.

«Tomonlar aholini koronavirusdan himoya qilişga, korxonalar, birinçi navbatda, kiçik va örta biznes sub'yektlarini, qişloq xöjalik mahsulotlari işlab çiqaruvçilar va xususiy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan birgalikdagi istiqbolli çoralarni muhokama etişdi.
Siril Myuller Özbekiston Respublikasi Prezidenti boşçiligida aholining ijtimoiy himoya darajasini oşiriş va mamlakatda iqtisodiy faollikni qöllab-quvvatlaş böyiça özini oqlagan çoralarni yuqori baholadi», deyiladi vazirlik xabarida.
Janob Myuller Jahon banki Guruhi tomonidan şakllantirilgan 14 milliard AQŞ dollari miqdoridagi «Tayyorlik va javob strategik dasturi» mablağlarini Özbekistonning inqirozga qarşi dasturini qöllab-quvvatlaş uçun mobilizatsiya qiliş niyatida ekanligidan xabardor qildi.
Şuningdek, soğliqni saqlaş tizimini, ijtimoiy himoya institutlari va budjet kömagini moliyalaştiriş uçun 1,2 milliard AQŞ dollari miqdorida mablağlarni operativ ajratiş masalasi ham muhokama qilindi.














