Ta'kidlab ötiş joiz, Özbekiston koronavirus pandemiyasi vaqtida Xitoy, Eron va Afğonistonga insonparvarlik yordami körsatdi.

Qardoş tojik xalqiga yuborilgan insonparvarlik yordami birinçi navbatda virus tarqalişi oldini olişda zarur bölgan tibbiy vositalar, jumladan antiseptik va zararsizlantiruvçi vositalar, tibbiy xalatlar, qölqoplar, baxilalar, respiratorlar, tibbiy közoynaklar va ming tonna undan iborat bölgan. 

Insonparvarlik yordami Surxondaryo viloyatidan Duşanbega 18 ta vagonda jönatilgan. Uni Tojikiston boş vaziri örinbosari Azim Ibrohim va soğliqni saqlaş vaziri  Nasim Olimzoda kutib olgan.