Bu haqda Rossiya federal tibbiy-biologiya agentligi ma'lum qildi. 

“Mefloxin” hujayralarda 2 mkg/l miqdorda koronavirusning tsitopatik ta'siri avj olişini töliq bloklaşi isbotlandi. Qon plazmasida bunday miqdorga vositaning insonda qöllaşga ruxsat berilgan terapevtik dozalarida qabul qilingandan keyin erişiladi”, deb aytgan agentlik rahbari Veronika Skvorsova.

Uning aytişiça, vositaning klinik samaradorligini örganiş uçta ilmiy markazda olib borilmoqda.

“Mefloxin” bir marta 750 mg/sutka (250 mglik 3 ta tabletka) miqdorda qabul qilingandan keyin uning qon plazmasidagi maksimal miqdori birinçi kun davomida 1,51 mkg/l.ga yetadi. Vositani 500 mgdan qabul qilişni davom ettirganda uning qon plazmasidagi miqdori oşadi va 2-3-kun 2,7-3,8 mkg/l.ga yetib, virusning yöqolişini ta'minlaydi. Vositaning 250 mgdan (kuniga 1 tabletkadan) keyingi qabul qilinişi zarur miqdorni butun davolaş kursi (7 kun) davomida va u yakunlangandan bir neça kun keyin ham saqlab turişga imkon beradi”, deb aytgan Skvorsova.

“Mefloxin” (boşqa nomi “Lariam”) bezgakning oldini oliş va uni davolaşda qöllanuvçi vosita bölib, AQŞdagi Uolter Rid nomidagi armiya ilmiy-tadqiqot institutida 1970-yillar boşida, Vetnamdagi uruşdan keyin işlab çiqilgan.

Ta'kidlanişiça, uşbu vosita Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qiladigan asosiy dori vositalari röyxatiga kiradi. OAV ma'lumotlariga köra, “Mefloxin” Guantanamo bazasidagi mahbuslarda sinovdan ötkazilgan.