Men advokatman. Davlat xizmatlari markaziga stiker oliş uçun murojaat kilgan edim, menga rad javobini berişdi. Bu holatda men kimga murojaat etsam buladi?

Respublika maxsus komissiyasining tegişli qarorida, qaysi soha vakillari va qaysi transport vositalariga stiker berilişi aniq belgilangan edi. Şuningdek, röyxatda qaysidir holat nazarda tutilmagan bölsa Adliya vazirligi tomonidan komissiya körsatmasi asosida ruxsatnoma berilişi körsatilgan edi.

Ta'kidlaş joizki, sud-tergov organlari tomonidan advokatlarning özlarining avtotransport vositalariga hamrohlik qilgan holda sud-tergov tadbirlarida iştiroki ta'minlab berilmoqda, şuningdek Advokatlar palatasi va ularning hududiy bölinmalari rahbarlariga avtotransport vositalarini boşqariş uçun alohida sörovga asosan tegişli ruxsatnomalar (stikerlar) taqdim etilgan.

Bundan taşqari, fuqarolarning huquqlarini himoya qilişda advokatning şoşilinç iştirokini ta'minlaş maqsadida zarur hollarda, adliya organlari tomonidan xizmat avtotransport vositalari bilan ta'minlanadi.

Komissiya qarori va yuqorida aytib ötgan toifalarda advokatning transport vositalariga stiker berilişi nazarda tutilmaganligi bois sizga davlat xizmatlari tomonidan stiker berilmagan.

Bundan taşqari, xabaringiz bor maxsus komissiyaning 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan 2020 yil 9 apreldan boşlab avtotransport vositalari harakatlanişiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma beriş töxtatilgan.

Toşkent şahrida yaşayman, yoşim 52 da “Özini yakkalaş” hayot tarzidan xabarim bor. Köçaga faqat oziq-ovqat va apteka uçun çiqiş mumkin ekanligini aytişmoqda. Menda bitta muammo bor men har kuni 2 marta uydagi itimni köçaga sayrga olib çiqardim. Endi nima böladi, itimni köçaga sayr qildiriş uçun olib çiqolmaymanmi?

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga köra, Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 apreldan “Özini yakkalaş” hayot tarzi majburiy tarzda joriy etilgan bölib, unga köra, Siz aytib ötganingizdek, köçaga faqat birinçi galdagi hayotiy zarur bölgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon xarid qiliş, şifokorga va iş joyiga boriş) uçungina ruxsat etilgan.

Bevosita savolingizdagi holat böyiça maxsus komissiyaning joriy yilning 8 apreldagi qarori bilan Toşkent, Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida uy hayvonlari (uy itlari)ni uydan 100 metr atrofida kuniga bir marotaba sayr qildirişga ruxsat berilgan