Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatda heç kim koronavirusdan ölmasligiga va'da berdi. 

"Xavotir olişmasin. Mamlakatimizda heç kim koronavirusdan ölmaydi. Bu haqda omma oldida aytaman. Bunga qat'iy işonaman", — dedi u.

Belarus prezidenti koronavirus heç bir holatda ölim sababi bölmaganligini ta'kidladi.

“Odamlar qörqyapti. Şuning uçun ularga aytmoqçiman: mamlakatimizda birorta ham inson koronavirusdan ölgani yöq. Birorta ham! Ular özlarida aniqlangan "surunkali kasalliklar guldastasi"dan öldi”, dedi u.

Lukaşenkoning sözlariga köra, odamlar yurak yetişmovçiligi, qandli diabet, öpka yetişmovçiligidan vafot etmoqda.

“Yana şunday taşxislar borki, hatto öqişga qiynalaman. Bunga koronavirus ham qöşilyapti», — dedi Belarus prezidenti.

U Minsk koronavirusga qarşi xalqaro tajribadan kelib çiqayotganligini aytdi. Lukaşenkoning bildirişiça, belarus şifokorlarida koronavirusni davolaş uçun dorilar jamlanmasi mavjud.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Belarusda COVID-19 koronavirusiga çalinganlar 2578 kişini taşkil etadi, 26 kişi vafot etgan.