OPeK+ mamlakatlari neft qazib olishni qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Qozog‘iston energetika vazirligining ma'lum qilishicha, ishtirokchilar 1 maydan ikki oyga neft qazib olishni sutkasiga 9,7 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgan.

Foto: Shutterstock
OPeK+ mamlakatlari 1 maydan neft qazib olishni sutkasiga qariyb 10 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda Kuvayt energetika vaziri Xolid al-Fadil Twitter orqali ma'lum qildi.
«Biz 2020 yil 1 maydan OPeK+ tomonidan neft qazib olishni sutkasiga qariyb 10 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida tarixiy kelishuv imzolanganini e'lon qilamiz», — deb yozdi u.
Qozog‘iston energetika vazirligining ma'lum qilishicha, ishtirokchilar 1 maydan ikki oyga neft qazib olishni sutkasiga 9,7 mln barrelga qisqartirish to‘g‘risida kelishib olgan.
Ikki oydan so‘ng neft qazib olish hajmi oshib boradi: 2021 yil yanvargacha qisqartirish sutkasiga 8 mln barrelni, undan so‘ng 2022 yil aprelgacha 6 mln barrelni tashkil etadi.
Avvalroq OPeK+ mamlakatlari videokonferensiya shaklidagi uchrashuvda bozordagi narxlarni nazorat qilish maqsadida kunlik neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishib olgani xabar qilingandi.
Yil boshidan buyon «qora oltin» narxi 50 foizga arzonlab ketdi. Neft bozoriga salbiy ta'sir qilgan birinchi omil koronavirus sababli butun dunyo bo‘ylab ishlab chiqarishning to‘xtatilishi, davlat chegaralarining yopilishi va aviaaloqaning to‘xtatilishi bo‘ldi. Ikkinchi salbiy omil esa Rossiya va Saudiya Arabistonining OPeK+’ning neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvidan chiqishi hisoblanadi. Buning natijasida neft narxi oxirgi 20 yil ichidagi minimum qiymatgacha tushib ketdi.
2016 yilda neft qazib oluvchi davlatlar neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha bitim tuzgandi. U neft narxini 50 dollardan yuqori qiymatda ushlab turishga imkon bergandi. 2020 yil 1 apreldan bitim amal qilishdan to‘xtadi.
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi
O‘zbekiston | 20:08
-
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
Jahon | 20:05
-
Xorazmda soliq inspektoriga, Qashqadaryoda esa sud ekspertiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 20:04
-
Shavkat Mirziyoyev Sloveniya bosh vaziri Robert Golob bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 20:02
Mavzuga oid

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

16:31 / 09.06.2023