Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Davlat bojxona qömitasi va Milliy gvardiyasining işni sudga qadar yuritiş jarayonini tubdan isloh qiliş va ekspertiza faoliyatining mustaqilligini ta'minlaş böyiça quyidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin:
tergovga qadar tekşiruv institutini takomillaştirib, suriştiruv institutiga özgartiriş, amaldagi suriştiruv institutini tugatib, uning vakolatini soddalaştirilgan tergov ötkaziş tartibini saqlab qolgan holda tergov organlariga ötkaziş;
jinoyat işi ayblov xulosasi bilan birga prokurorga yuborilayotganda ayblanuvçi yoki uning himoyaçisi tomonidan prokurorga “himoya xulosasi” taqdim etiş tartibini joriy etiş;
Soğliqni saqlaş vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning hududiy bölinmalari negizida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sud ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallarini taşkil etiş hamda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligining ekspertiza ötkaziş bilan boğliq vakolatlarini (kriminalistika vakolatlari bundan mustasno) uşbu markazga beriş.

















