Bu haqda prezident tvitterdagi sahifasida yozdi.

«OPeK+ tomonidan katta neft kelişuvi amalga oşirildi. Bu yuz minglab energetika sohasida faoliyat yuritayotgan amerikaliklarga işlarini saqlab qoliş imkonini berdi. Bu borada Rossiya prezidenti janob Putin va Saudiya Arabistoni qiroli janob Salmonga minnatdorçilik bildiraman. Hozirgina Oval kabinetda ular bilan gaplaşdim. Bu hamma uçun yaxşi kelişuv böldi», deb yozdi Tramp.

9 aprel kuni OPeK+ davlatlari 10 soat davomida neft qazib oliş hajmini kamaytiriş böyiça muzokara olib borgan, ammo yakuniy töxtamga kelişmagandi. VVS`ga köra, bugun davom ettirilgan videomuloqot formatidagi muzokaralarda OPeK+ davlatlari kunlik neft qazib oliş hajmini 9,7 million barrelga qisqartirişga kelişgan. Ba'zi manbalar OPeK+ davlatlari kunlik neft qaziş hajmini 12,5 million barrelgaça qisqartiriş böyiça kelişganini yozmoqda.

Kreml rasmiy saytida ham Vladimir Putinning AQŞ prezidenti bilan telefonda suhbatlaşgani tasdiqlangan. Şuningdek, Putin Saudiya qiroli bilan gaplaşgani ham xabar qilingan.