«Yurtimiz böylab koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlarni samarali davolaş borasida minglab tibbiyot xodimlari matonat bilan mehnat qilişmoqda.
Jumladan, avval Buxoro viloyatidan 4 nafar koronavirusga çalingan bemor tuzalganini xabar qilgan edik. Bugun viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan yana 4 nafar bemor fidoyi va jonkuyar şifokorlar sa'y-harakati tufayli butunlay soğaydi. Ular viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatildi.
Soğayganlardan (barçasi erkak) uç nafari (ikki nafari Toşkent şahridan, bir nafari Samarqand viloyatidan) charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelişgan. Yana bir nafari esa qaşqadaryolik bölib, charter reys orqali Rossiyadan Buxoroga kelgan. Barçasi karantinda bölişgan va koronavirus infeksiyasi aniqlangaç, viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanişni boşlaşgan.
Bemorlarning tuzalişlarida, avvalo, uşbu şifoxona tibbiyot xodimlarning davolaş muolajalarini xalqaro standartlar asosida, töğri yölga qöyganlari, şuningdek, pulmonologiya, kardiologiya, terapiya, endokrinologiya kabi ixtisoslaşgan soha mutaxassislari bilan telemuloqot örnatgani qöl kelayotir. Ayni lahzada tuzalgan bemorlarimizning quvonçi çeksiz. Ularning tabassumi, minnatdorlik sözlari zahmatkaş tibbiyot xodimlarining mehnatiga eng yuksak bahodir», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Ayni paytga qadar Özbekistonda koronavirus infeksiyasidan soğayganlar soni 89 nafarga yetdi.













