Samarqand viloyati Salomatlikni tiklaş şifoxonasida 7 aprel kuni 129 nafar fuqaro karantinga olinib, patrullik qöriqloviga okrug bölinmasi jalb qilingan edi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

11 aprel kuni soat 20.30 da Samarqand şahri Çöponota mahallasida yaşovçi, çet eldan kelgan va karantinga olingan J.K. şifoxonaning orqa tomonidan qoçişga uringan. Taqiqlangan hududni kesib ötgan tartibbuzar belgilangan yönalişda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatçi Şamsiddin Jörayev tomonidan töxtatilgan.

Fuqaro harbiy xizmatçiga uyiga borib-kelişi, qaytib kelgandan söng uni rozi qilişini aytib, pora taklif qilgan. Natija bölmagaç, harakatni davom ettirib, devordan oşmoqçi bölgan. Soqçi tartibbuzarni yana bir qat'iy ogohlantirib, qölga oliş çorasini qöllagan. Aloqa vositasi orqali berilgan xabarga köra, qisqa vaqt içida tezkor bölinma yetib kelgan.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bundan taşqari, 12 aprel kuni Jizzax viloyati Ğallaorol tumanidagi karantinga olingan “Marjonsuv” respublika sanatoriyasiga M.N. kirişga uringan. 

Uşbu fuqarolarga yana bir bor karantin qoidalari tuşuntirilib, ma'muriy bayonnoma tuzildi.

Karantindagi fuqarolar xavfsizligini ta'minlaşda mas'uliyatni töla his qilgan harbiylar xizmat joyining özida taqdirlandi.