«Hozir JSST yoki virus bilan kuraşayotgan boşqa istalgan gumanitar taşkilotning işi uçun mablağlarni qisqartiriş vaqti emas», - dedi Guterriş.

Uning sözlariga köra, JSST qöllab-quvvatlovga ega bölişi kerak. «Dunyo COVID-19 bilan jangda ğalaba qozonişi juda muhimdir. Avval ham aytib ötganimdek, hozir bu virus va uning halokatli oqibatlarini töxtatiş uçun birlaşiş hamda birgalikda işlaş vaqti keldi», - deya ma'lum qildi BMT boş kotibi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida Vaşington JSST budjetiga badallar tölaşni töxtatayotganini bildirdi. Uning sözlariga köra, u suriştiruv ötkazilişidan oldin öz ma'muriyatiga tegişli buyruq bergan. Davlat rahbari uşbu qaror JSST «asosiy majburiyatlarini bajarmaganligi va javobgar bölişi kerakligi» tufayli qabul qilinganini ta'kidladi.

Trampning fikriga köra, taşkilotning xatti-harakatlari Xitoyning COVID-19 koronavirusi haqida «notöğri ma'lumot tarqatişiga»ga yordam berdi, bu kasallik köproq avj olişiga olib keldi.

JSSTning 14 apreldagi ma'lumotiga köra, dunyo böylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,8 million kişidan oşdi. 117 mingdan ortiq odam vafot etdi.