Ammo öt öçiruvçilarga çöğlarning alangalanişini oldini oliş uçun yana bir neça kun kerak, deb xabar berdi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sayti.
13 aprel kuni kuçli şamol tufayli vaziyat oğirlaşgan va yonğinni nazorat qiliş murakkablaşgan edi. Olovni öçiriş uçun juda köp texnika va içki tarkib a'zolari jalb qilindi. Natijada, olovning harbiy öq-dorilar omborlariga, «Ukritiye» va «Vektor» inşootlariga, taqsimlovçi elektrostansiyaga va radioaktiv çiqindilar omboriga ötib ketişiga yöl qöyilmadi.
Yonğinning öçirilgani haqida Ukraina davlat ekologiya inspeksiyasi rahbari vazifasini bajaruvçi Yegor Firsov ham e'lon qildi. «Qisqaça aytadigan bölsak, yonğin öçirildi, yomğir ham yordam berdi. Radiatsiya foni doimiy tarzda ölçanmoqda, ammo bizdagi ma'lumotlar hammasi me'yorda ekanini körsatyapti», deb yozdi mulozim «feysbuk» sahifasida.
Eslatib ötamiz, Çernobilning taqiq hududidagi yonğin 4 aprel kuni boşlangan edi. Favqulodda holat markazida radiatsiya foni kötarilgani haqida ham xabar berilgandi.

















