Özbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jönatdi, deb ma'lum qildi Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto.
"Özbekiston Vengriyaga 500 ming dona himoya niqobi jönatmoqda, niqoblar ortilgan yuk samolyoti seşanba kuni keçqurun yetib keladi", - dedi Siyyarto.
Siyyartoning sözlariga köra, niqoblar Boku şahriga yetkaziladi, niqoblarni olib keliş uçun Budapeştdan Bokuga samolyot uçib ketgan.
Qayd etilişiça, Özbekiston 28 mart kuni Vengriyaga 150 ming dona tibbiy niqob jönatgan. Niqoblar mamlakatdagi tibbiyot muassasalariga tarqatilgan.
Eslatib ötamiz, bunga qadar prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan Belarus, Xitoy, Eron, Qirğiziston, Tojikiston va Afğonistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.













