Bu qaror Inqirozga qarşi kuraşiş respublika komissiyasining 2020 yil 14 aprel kuni bölib ötgan yiğilişida qabul qilindi. Maqsad – gaz ta'minoti taşkiloti xodimlarining iste'molçilar bilan xavfsiz aloqa qilişi hamda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş davrida fuqarolar va işçi xodimlarning hayoti va soğliğini muhofaza qiliş.
 
«Hududgazta'minot» matbuot xizmati xabariga köra, bunda, istisno tariqasida, gaz ta'minoti taşkiloti tomonidan muddati ötgan (tugagan) qiyoslov sertifikatiga ega gaz hisoblagiçlari körsatkiçlarining tegişli hisobotlarda inobatga olinişiga ruxsat etiladi. 

Prezidentning 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4388 sonli qarori doirasida, «Hududgazta'minot» AJga gaz nazoratining avtomatlaştirilgan hisobga oliş tizimini tatbiq qiliş vazifasi yuklatilgan. Bu tizimda iste'molçilarga gaz hisoblagiçlarini bepul örnatib beriş közda tutilgan.