15 aprel kuni soat 21:00larda, Toşkent viloyati, Zangiota tumani, Turkiston QFY, Alimbuva MFY, Ramadan köçasida haydovçi I.A. “Neksiya” rusumli transport vositasini harakatlaniş huquqini beruvçi maxsus stikersiz Yoşlik köçasi tomonga boşqarayotib, yölning qarama-qarşi yönalişiga çiqib ketgan. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. 

Oqibatda, qarşisidan öz yönalişida harakatlanib kelayotgan haydovçi 1968 y.t. M.N. boşqaruvidagi harakatlaniş huquqini beruvçi maxsus stikersiz “Lasetti” rusumli transport vositasi bilan töqnaşuv sodir etgan, töqnaşuvda “Neksiya” rusumli transport vositasi yonib ketgan.

Oqibatda “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovçisi I.A. YTH joyida vafot etgan, “Lasetti” rusumli transport vositasi yölovçisi M.N. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur xolat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Hurmatli yöl harakati iştirokçilari karantin vaqtida zaruratsiz köçaga çiqmasligingizni, harakatlanganda “Yöl harakati qoidalari”ga amal qilişingizni sörab qolamiz.