Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati:

a) Içki işlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yilning 1 yanvariga qadar:

jinoyatga oid ariza, xabar va boşqa ma'lumotlarni qayd etiş tartibini elektron tizimga ötkaziş, şu jumladan jinoyat işi qözğatiş rad etilgan materiallarning yagona hisobini yuritiş tizimini yaratiş;

tergovçilarning xonalarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlaş;

bedarak yöqolgan, şaxsi noma'lum murdalar hamda qidiruvdagi şaxslar haqidagi ma'lumotlar almaşinuvi tizimini yaratiş maqsadida Yagona elektron dasturni işlab çiqiş çoralarini köradi;

b) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 martga qadar sinov tariqasida ilğor xorijiy davlatlarning tajribasini inobatga olgan holda Toşkent şahar prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasida maxsus tergov xonalarini taşkil etadi;

v) 2021 yil 1 oktyabrga qadar maxsus tergov xonalarini joriy etiş sinovlari natijalaridan kelib çiqib, bunday xonalarni respublikaning boşqa hududlarida bosqiçma-bosqiç joriy etiş böyiça Özbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasiga takliflar kiritadi.