Andijon viloyati yuqumli kasalliklar şifoxonasida navbatdagi 6 nafar koronavirusga çalingan bemor butunlay soğaydi.

Bemorlar viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi mas'ullari iştirokida reabilitatsiyaga kuzatilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, tuzalganlarning barçasi koronavirus infeksiyasiga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölib, kasallikni yuqtirib olişgan. Bemorlarning 2 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 4 nafari Andijon şahridan, 2 nafari esa Andijon tumanidan. Ular orasida eng yoşi kattasi 60 yoşda bölsa, eng yoşi kiçigi 20 yoşda.

Viloyat yuqumli kasalliklar şifoxonasidan şu paytga qadar 4 nafar bemor soğaygandi, endilikda soğayganlarning jami soni 10 nafarni taşkil ilmoqda.

Özbekiston böylab koronavirus infeksiyasidan butunlay soğaygan bemorlar 146 nafarga yetdi.

Bundan avvalroq Andijon viloyatida 126 kişiga koronavirusdan zararlaniş taşxisi qöyilgani haqida ma'lum bölgandi.