«Aziz muxlislar, aziz döstlar!

«Humo» xokkey klubi kollektivi sizlarga katta hurmat va alangali muhabbatimizni izhor etmoqçimiz. Biz qisqa vaqt içida nafaqat klub tuzişga, öttiz yillikdan keyin xokkeyni tiklaşga, klubni oliy xokkey ligasi peşqadamlari safiga qöşişga muvaffaq böldik. Albatta, bularning barçasini birgalikda qildik!

Bu vaqt mobaynida uç marta OXL mavsumida tomoşabinlar soni böyiça rekordni yangiladik, pley-offga bosqiçida imkoniyatimiz bor edi, media sohasida nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda e'tiborga erişdik.

Hozirda butun dunyo koronavirus pandemiyasi bilan boğliq sinovli damlarni boşdan keçirmoqda. Pandemiyaga qarşi kuraş çoralari munosabati bilan dunyoning deyarli barça mamlakatlari misli körilmagan çeklaş çoralarini kördilar. Çegaralar yopildi va havo, temir yöl yoki avtomobil yöli orqali aloqalar mavjud emas. Virusning tarqaliş kölami va koronavirusning inson hayoti va soğliğiga xavfini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va OXL çempionatining boşlaniş vaqti töğrisida aniq tasavvur bölmagani, qolaversa, uning qay tarzda ötkazilişi noaniqligini hisobga olgan holda klub rahbariyati «Humo» xokkey klubi OXL va QRO çempionatlari 2020-2021 mavsumida qatnaşmaslikka qaror qildi.

Bizni töğri tuşunişingizga umid qilib, loyihada iştirok etganlarning barçasiga Özbekistondagi xokkeyni rivojlantirişga qöşgan hissasi va qisqa tanaffusdan söng albatta davom etadigan yorqin loyihani amalga oşirganliklari uçun öz minnatdorçiligimizni bildiramiz. Rossiya Xokkey Federatsiyasiga va Oliy Ligasiga alohida taşakkurimizni izhor etamiz. Biz mavsum davomida ularning qöllab-quvvatlaşini sezib turdik. Turnirning taşkiliy işlari eng yuqori bahoga loyiq.

Har biringizning xokkey va albatta «Humo» klubiga bölgan mehringizni tuşungan holda möjizaviy xokkey olamiga sizni tezroq qaytariş uçun qölimizdan kelgan barça imkoniyatlarni işga solamiz.

Barça xokkey muxlislariga hurmat va ehtirom bilan sizni tez orada köriş umidida, «Humo» xokkey klubi» - deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Klub uşbu bayonotni «Biz bilan bölganingiz uçun rahmat» sarlavhasi ostida e'lon qilgan.