Ma'lumot berilishicha:
· Jami 67 milliard 163 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ kelib tushgan;
· 15 aprel kunining o‘zida 1 milliard 300 million so‘mga yaqin mablag‘ tushgan;
· AQSh dollaridagi hisob raqamda 45 363 dollar mavjud;
· Evrodagi hisob raqamda 10 000 yevro mavjud.
Xarajatlar:
· Jami 6 milliard 600 million so‘mdan ko‘proq;
· Aprel oyida 2 milliard 830 million so‘mdan ortiqroq;
· 15 aprel sanasida 311 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ sarflandi.
Albatta, mablag‘lar aynan nimalarga sarflanmoqda degan savol ham tug‘iladi. Pullar quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilmoqda:
· zarur dori vositalari uchun;
· kerakli tibbiyot asbob-uskunalari uchun;
· Prezidentning 2020 yil 26 martdagi qaroriga muvofiq, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlarini maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun;
· COVID-19 ga qarshi kurashish maqsadida tibbiyot xodimlari uchun zarur qo‘llanmalar tayyorlash uchun.
«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat fondining hisob raqamlari:
· 20 212 840 9001 0173 4001 (AQSh dollarida)
· 20 212 978 0001 0173 4001 (Yevroda)
· 86 00 33 299 742 5800 - Uzcard (so‘mda)















