Joriy yilning aprel, may, iyun oylarida Toşkent zamonaviy san'at markazi Markaziy Osiyo kinorejissyorlarining nodir kinoasarlarini onlayn tomoşa uçun taqdim etadi. Bu haqida Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi xabar bermoqda.

Markazning Tashkent Film Encounters yangi loyihasi turli yönalişlarda faoliyat olib boruvçi xalqaro mualliflarning özaro hamkorligini nazarda tutadi. San'atning turli yönalişidagi xalqaro ekspertlar Özbekiston poytaxtida uçraşib, mahalliy san'at vakillari bilan fikr almaşadilar. Tashkent Film Encounters’ning har bir qismi muayyan mavzuga bağişlanib, dastur doirasida munozaralar, ma'ruzalar, körgazmalar, spektakllar va mahorat darslari taşkil etiladi.

Loyihaning ilk dasturi Markaziy Osiyo zamonaviy kinosiga bağişlangan. Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston rejissyorlari öz muallifliklaridagi zamonaviy kino klassikasiga aylangan filmlarni namoyiş etişadi. Loyiha tomoşabinlarga 90-yillarning boşlaridan hozirgi kungaça kino evolyutsiyasini kuzatişga imkon beradi.

Bugun, 17 apreldan boşlab start oladigan kinotaqdimot doirasida oçiq foydalanişda bölmagan original filmlarni yuqori sifatda tomoşa qiliş mumkin. Kinotaqdimotni Yusuf Roziqovning “Voiz” (Orator) filmi boşlab beradi.

Foto: ccat.uz
“Voiz” filmidan lavha

Kinotaqdimotlar dasturi:

17-24 aprel – “Voiz”

24 aprel-1 may – “Koş ba koş”

1-8 may – “Uç oğa-ini”

8-15 may – “Selkinçek”

15-22 may – “Kardiogramma”

22-29 may – “Asalari uçganda”

29 may – 5 iyun – “Osmondagi bolalar”

5-12 iyun – “Janubiy dengizlar qöşiqlari”

12-19 iyun – “Fellini”.