Köplab mamlakatlarning karantin davrida asosiy e'tiborni ta'limga qaratgani e'tiborga loyiq. Masalan, koronavirus ilk bora qayd etilgan Xitoyda 17 fevral kuni öquvçilar uçun bepul öquv materiallari bilan ta'minlaydigan «Milliy bulutli platforma» işga tuşirildi. 7000 ta server va 90 terabayt hajmdagi ma'lumotlarni ötkaziş qobiliyatiga ega platforma 50 million öquvçiga bir vaqtning özida xizmat körsatiş imkoniyatiga ega böldi.
Fransiyada «Mening sinfim uyda» raqamli platformasi yaratildi. Bunda kompyuter, planşet yoki mobil telefonidan foydalangan holda öquvçilar tört haftalik masofaviy kurslarda ta'lim oliş hamda özlaştirişiga oid şaxsiy ma'lumotlarini töplab boriş imkoniyati yaratildi.
Yaponiyada davlat-xususiy şerikçiligi asosida, xususiy kompaniyalar tomonidan uyda qolgan öquvçilar uçun bepul ta'lim oliş imkoniyatini beradigan platforma işga tuşirildi.
Google va Microsoft kabi yirik kompaniyalar ta'lim oliş va işlaş uçun möljallangan raqamli vositalar imkoniyatlarini kengaytirdi.
Pandemiya ta'sirida Özbekistonda ham 16 martdan boşlab barça turdagi davlat va nodavlat ta'lim muassasalari yopildi. 30 martdan boşlab 3ta telekanal orqali 6 milliondan ortiq öquvçi uçun onlayn darslarni 3ta tilda (özbek, rus va qoraqalpoq) efirga uzatiş yölga qöyildi.
Teledarslarni tasvirga olişda imkoniyati çeklangan, ya'ni kar va zaif eşituvçi bolalarga ham tuşunarli bölişi uçun surdopedagog hamda surdotarjimonlar tomonidan sinxron tarjima qilinmoqda.
Öquvçilar va ota-onalar uçun dars jadvali, uyga vazifalar hamda olgan baholarni köriş imkonini beruvçi kundalik.com tizimi joriy etildi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD – IHTT) tahliliga köra, maktab direktorlarining törtdan bir qismiga raqamli texnologiyalar yetişmasligi öquv jarayoniga salbiy ta'sir körsatadi. Uşbu körsatkiç Singapurda 2 foiz, Fransiya va Italiyada 30 foiz, Vetnamda 80 foizdan yuqorini taşkil etadi.

Uyda öqişga hammada ham şaroit bor emas


















