Prezidentning “Özbekiston Respublikasida suriştiruv va dastlabki tergov organlarining faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi:
prokuratura organlarining belgilangan ştatlar jadvali doirasida Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar prokuraturalari tizimida prokuror-kriminalist lavozimini joriy etiş;
Moliya vazirligi bilan birgalikda prokuror-kriminalistlarni zamonaviy maxsus jihozlar bilan ta'minlaş çoralarini köradi.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Adliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi va boşqa manfaatdor vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda:
oliy yuridik ta'lim muassasalarida suriştiruv va tergov faoliyatining asoslari, kriminalistika, sud ekspertizasi va uşbu sohaga doir boşqa maxsus fanlarning çuqurlaştirilgan holda öqitilişi yölga qöyilişini;
Toşkent davlat yuridik universiteti bakalavriat bosqiçi 4-kurs hamda universitetning ixtisoslaştirilgan filiali 3-kurs talabalarining bevosita amaliyotda, şu jumladan suriştiruv va tergov organlarida ötaş tartibi joriy etilişini;
tibbiyot yönalişidagi oliy ta'lim muassasalarida sud-tibbiyot ekspertlarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan fakultetlarda davlat granti asosida öqitişning joriy etilişini;
tibbiyot yönalişidagi oliy ta'lim muassasalarining sud-tibbiyot ekspertizasi yönalişini tamomlagan mutaxassislarning kamida beş yil davlat ekspertiza muassasalarida işlab berişi tartibi yölga qöyilişini ta'minlaydi.

















