Amerikaning Uber taksi servisi koronavirus pandemiyasi sababli milliardlab dollar zarar körmoqda. Hozirda pandemiya kompaniyaning bu yilgi körsatkiçlariga qay darajada ta'sir körsatişini oldindan aytiş qiyin, deb xabar berdi Uber.

Uber şu paytgaça 1,25 mlrd dollardan 1,45 mlrd dollargaça zarar körilişini taxmin qilgandi. Kompaniyaning bu yildagi zarari 2,7 mlrd dollarni taşkil etdi.

Komendantlik soatlari, dökonlar, işxonalarning yopilişi va boşqa karantin çoralari sababli butun dunyoda Uber xizmatiga talab sezilarli darajada pasaydi.  

Hozirda Uber turli kompaniyalardagi minoritar uluşini 1,9-2,2 mlrd dollarga pasaytirişga majbur bölişi aniq bölib qoldi. Uber Grab, Yandex va Didi kabi taksi hamda yetkazib beriş xizmati bilan şuğullanuvçi kompaniyalarda minoritar uluşlarga ega. 2019 yil oxirida uning turli kompaniyalardagi uluşlari qiymati qariyb 12 mlrd dollarga baholangandi.