Bu mahsulot ba'zi joylarda tanqisligini hisobga olib, uy şaroitida antiseptik tayyorlaşni örganamiz.
Buning uçun bizga:
- 70 foizdan kam bölmagan 250 ml. spirt (50 ml.dan 5 dona flakon)
- 15 ml. vodorod perekisi
- 5 ml. tibbiyot glitserini
- 60 ml. toza yoki qaynab sovigan suv
- şprits (kattaroq hajmdagisi yaxşiroq),
- qorişmani aralaştirişga va işlatişga qulay bölgan 400 ml. dan kam bölmagan purkagiçli idiş.
250 ml. spirtni idişga quyamiz. 5 ml. Tibbiyot glitserinini şprits orqali ölçab idişga quyamiz. Keyin 15 ml. vodorod perekisini şu tarzda ölçab, uni ham idişga quyamiz.
Spirtdan böşagan flakonçaga suv töldirib quyganimizda bu 50 ml böladi, kolgan 10 ml.ni şprits orqali ölçab, uni ham idişga quyamiz va aralaştiramiz.
Antiseptikimiz tayyor desa ham böladi.
Endi uni purkagiçi bor birorta idişga quyib, yaxşilab aralaştiramiz. Muhimi idiş siğimi 350-400 ml.dan kam bölmasligi kerak.
Bu aralaşma bilan köçada uşlaşimiz mumkin bölgan şaxsiy buyumlarimiz: kalit, hamyon, telefon, eşik dastaklari, oyoq kiyimlarimizning tagi va ustiga sepib, virus va mikroblardan himoyalanişimiz mumkin.
Biror kiçikroq idişli flakonga tayyor antiseptik quyilsa, çöntakda olib yuriş, ehtiyoj tuğilganda köçada işlatsa böladi.
Özingizni, oilangizni ehtiyot qiling.
Eslatib ötamiz, avvalroq antiseptik gelni qanday tayyorlaş haqida ma'lumot bergan edik.

















