Antiseptik gel tarkibi qanday bölişi kerak?

Antiseptik ta'sir kuçiga ega bölişi uçun uning eng kamida 60 foizini spirt taşkil qilişi lozim. Spirtning şu nisbati bilangina antiseptik samara körsatadi: viruslarning teri töqimalariga örnaşib olişiga imkon beruvçi yoğ qobiğini yorib ötadi.

Aroq va şu kabi spirt saqlovçi mahsulotlar bunda töğri kelmaydi, Çunki ularda spirt nisbati yetarli darajada yuqori emas.

Antiseptik gel tayyorlaş uçun iste'mol qilinmaydigan, ya'ni tibbiy yoki texnik spirtdan foydalaniş ma'qul. Uni dorixonadan yoki texnik tovarlar dökonidan topiş mumkin.

Qöllarni dezinfeksiyalaş uçun spirtni sof holda qöllaş yaramaydi. Bu usul virusni öldiradi, ammo qölning tabiiy yoğ qatlamiga şikast ham yetkazadi. Natijada ortiqça quruqlik, qiçiş, mikrojarohatlar hosil bölişi, bular esa infeksiya uçun oçiq darvoza vazifasini ötaşi mumkin.

Antiseptik gel samarali böliş bilan birga zararsiz bölişi ham muhim. Buning uçun u kerakli nisbatdagi spirt hamda qölni himoyalovçi vositalarni özida jamlaşi lozim.

Sizga kerak böladigan vositalar:

– ingrediyentlarni aralaştiriş uçun toza idiş;

– çoyqoşiq yoki yoğoç kurakça;

– tayyor gelni saqlaş uçun qulay ixçam idiş (0,25-0,5 litr hajmli qopqoqli banka yaxşi variant);

– antiseptikdan foydalanib yuriş imkonini beruvçi idiş. U purkovçi dozatorga ega bölişi kerak. Buning uçun dorixonadan xarid qilingan antiseptikning böşagan idişi mos keladi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tavsiya qilgan retsept

JSST mutaxassislari tomonidan tavsiya etiladigan bu antiseptikdan qöllarni toza tutiş hamda turli yuza va buyumlarni dezinfeksiyalaş uçun foydalaniş mumkin.

Kerak böladi:

– 96 foizli tibbiyot spirti – 100 ml;

– 3 foizli perekis vodorodi – 5 ml. Perekis virusni öldirmaydi, ammo suyuqlikda hosil bölişi mumkin bölgan bakteriya sporalari bilan kuraşadi;