Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Özbekiston Respublikasining Oila kodeksi va Soliq kodeksiga qöşimça va özgartiş kiritiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Oila kodeksi yangi 4-1-modda (Köp bolali oilalarning ijtimoiy muhofaza qilinişi) bilan töldirilişi kutilmoqda. Unga köra, ota-ona yoki ulardan biri bilan birga yaşayotgan 18 yoşga tölmagan tört va undan ortiq bolalari bölgan oilalar köp bolali oilalar hisoblanadi.

Şuningdek, davlat köp bolali oilalarga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar berilişini ta'minlaydi.

Bundan taşqari, Soliq kodeksining 436-moddasi birinçi qismining 5-bandidagi «16 yoşga tölmagan beşta» degan sözlar «18 yoşga tölmagan törtta» degan sözlar bilan almaştirilişi nazarda tutilgan.

Kodeksning bu moddasida jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği böyiça imtiyozlar nazarda tutilgan bölib, uning birinçi qismida yer soliğidan ozod qilingan toifalar belgilangan. Amaldagi kodeksning 5-bandida boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar nazarda tutilgan bölib, unga köra, ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada 16 yoşga tölmagan beşta va undan ortiq bolalari bölgan oilalar – soliq soliş maqsadida boquvçisini yöqotgan köp bolali oilalar deb hisoblanadi.

Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksida ham köp bolali oila tuşunçasiga özgartiriş kiritilişi mumkin.

Aynan köp bolali oila tuşunçasini belgilaş bilan boğliq yana bir hujjat loyihasi muhokamaga qöyilgan. Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

1. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan