Tuman hokimini işdan oliş töğrisidagi qaror Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoir Mirzayev iştirokidagi yiğilişda e'lon qilingan.

Jovliyev aynan qaysi sababga köra işdan olingani ma'lum qilinmagan.
Muborak tumani hokimi vazifasini bajariş şu vaqtgaça tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Sadriddin Narziyev zimmasiga yuklangan.

Muborak tumani sobiq hokimi Ğayrat Jovliyev Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'atining qarorini bajarmasdan, qaror ustidan yuqori lavozimli organlar rahbarlari nomiga şikoyat arizasi yuborgani haqida maqola e'lon qilingan edi.
14 aprel kuni Muborakda şifokorlar karantin tartibi amal qilayotganiga qaramay, töy ötkazgani haqida xabar berilgan edi. Şundan söng bu haqda xabar bergan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Zafar Jörayev yolğon axborot tarqatişda ayblangan edi.
Bundan avvalroq Qaşqadaryo viloyatining yana bir tumanida hokim özgargandi. Ğuzor tumani hokimi Sa'dulla Boboqulov internetda tarqalgan audioyozuv ortidan işdan ketgandi.












