Özbekiston insonparvarlik yordamining birinçi partiyasi – tibbiy niqoblar Moskvaga yetib keldi, deb xabar berdi Rossiya boş vaziri örinbosari Aleksey Overçuk.  

Tibbiy niqoblar Özbekiston hukumati tomonidan koronavirus tarqalişiga qarşi kuraş doirasida yuborildi.

Xabar qilinişiça, Özbekistondan Rossiyaga jami 5 mln dona tibbiy niqob hamda tibbiyot dokalari yetkazib beriladi.

Overçukning ma'lum qilişiça, "mazkur tibbiyot buyumlari birinçi navbatda pandemiyaga qarşi birinçi safda  kuraşayotganlarga yetkaziladi".

Eslatib ötamiz, bunga qadar Özbekistondan Vengriya, Belarus, Xitoy, Eron, Qirğiziston, Tojikiston va Afğonistonga ham insonparvarlik yordami yuborilgan edi.