AQŞ prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda AQŞ Eronga öpkani sun'iy şamollatiş qurilmalari bilan yordam berişga tayyorligini takror aytib ötgan. Uning ta'kidlaşiça, AQŞda bunday qurilmalardan minglab bor.

Biroq Eron taşqi işlar vaziri Muhammad Javod Zarif bu taklifni rad etib, Eron bir neça oy içida bunday qurilmalardan özi eksport qilişni boşlaşini aytgan. Zarif Trampni boşqa davlatlar, ayniqsa Eron xalqi işlariga aralaşişni bas qilişga çaqirgan. Uning ta'kidlaşiça, Eron birorta amerikalik siyosatçining maslahatini qabul qilmaydi.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Eronda ayni vaqtda koronavirusga çalinganlar soni 82 mingdan oşgan, undan 5118 kişi vafot etgan.