Dunyoning yetakçi iqtisodçilaridan iborat ekspertlarni birlaştirgan Jahon iqtisodiy Forumi har yili dunyo iqtisodiyotidagi eng muhim tendensiyalarni tahlil qilib keladi. Bu tahlillar orqali yaqin va uzoq kelajakda jahon davlatlari iqtisodiyotida röy berişi mumkin bölgan prognozlar işlab çiqiladi. Forum dunyodagi ta'lim masalalarini ham örganadi. Xususan, undagi ekspertlarning örganişlari böyiça har yili dunyoning eng zör universitetlari röyxati e'lon qilinadi. Bunda dunyo davlatlarining oliy ta'limdagi muvaffaqiyati asosida tuzilgan xarita oç yo töq sarğiş va qizğiş ranglar bilan belgilangan. Rang qançalik töq bölsa, öşa mamlakat universitetlari dunyoda oldi örinlarda. Oç qizğiş yo sarğiş ranglar esa oliy ta'lim darajasi örtaça degani.

BBC ma'lumotiga köra, oxirgi yillar tahlili böyiça ham uşbu xaritada ikkita mintaqa rangsiz, ulkan oppoq doğ kabi közga taşlanadi. Bittasi - Qora Afrika, ikkinçisi esa - Markaziy Osiyo.

Aytgança, bu qatorda yana boşi uruşlardan çiqmayotgan Iroq, Suriya va Afğoniston kabi davlatlar ham bor.

Foto: Therwur

Biz uçun qançalik yoqimsiz bölsa-da, bu oliy ta'lim muassasalari reytingi borasida xalqaro ekspertlar xulosasi. Xalqaro reytinglardagi natijalar böyiça tahlillarni şu yerda töxtatamiz-da yana Özbekistonga qaytamiz.

2017 yil 20 aprelda prezident Şavkat Mirziyoyev qarori bilan Özbekistonda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tuzilgan edi. Öşa paytda yangi inspeksiyaga ta'lim sifatida tub buriliş yasaş, oliy ta'limni tamomlayotgan kadrlar sifatini oşiriş kabi köpgina vazifalar belgilandi.

Oradan, 3 yilga yaqin vaqt ötdi. Xöş, inspeksiya Özbekistonda ta'lim sifatini oşiriş borasida qanday işlarni amalga oşirdi? Oliy ta'lim muassasalariga ta'lim sifati borasida xalqaro reytinglarda yuqorilaşi uçun nimalar tösiq bölmoqda? Özbekistonda oliy ta'lim muassasalari qaysi jihatlarga köra reyting qilinadi?

Kun.uz muxbiri şu va boşqa savollarga javob oliş maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi raisi örinbosari Asliddin Odilov bilan suhbatlaşdi.

— Köpgina rivojlangan davlatlarda Oliy ta'lim vazirligi yöq. Davlat va nodavlat universitetlarining barçasi mustaqil. Ta'lim sifati nazorati faqatgina ta'limni nazorat qiluvçi inspeksiyalar tomonidan olib boriladi.